18:24 / 08.05.2019
11255

Toshkentda qarzdor otaning xorijga chiqishi 44,2 mln so‘mga tushdi

Illyustrativ foto

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 16.03.2017 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor Sh.Sh.dan 2 nafar voyaga yetmagan farzandi ta'minoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment va farzandi uch yoshga to‘lguniga qadar har oyda 450.000 so‘mdan moddiy ta'minot undirish belgilangan va qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Aliment davriy undiruv bo‘lganligi sababli  aliment to‘lovchilarning xorijga chiqish huquqlari vaqtincha bekor qilinadi. Agar voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uchun moddiy ta'minotni kamida 5 yilligini oldindan  to‘lasa fuqarodan chetga chiqish cheklovi olib tashlanadi.  

Fuqaro Sh.Sh. ariza bilan Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limiga murojaat qilib, voyaga yetmagan 2 nafar farzandi uchun 1/3 qismi miqdorida aliment va farzandi uch yoshga to‘lguniga qadar har oyda 450.000 so‘mdan moddiy ta'minot besh yillik aliment pullarini hisob-kitob qilishni so‘ragan. Ariza o‘rganilib,  2019 yil 1 yanvaridan   2024 yilning 1 yanvariga qadar aliment hisob-kitob qilingan va fuqaro 44 233 484,66 so‘m aliment to‘lashi kerakligi belgilangan.

Sh.Sh. farzandlari moddiy ta'minoti uchun 44,2 mln so‘m to‘lagani sababli qo‘llanilgan cheklovlar bekor qilingan.

Top