10:57 / 09.05.2019
9522

AQSh davlat kotibi ikki kun ichida ikkinchi xorijiy safarini bekor qildi

Foto: AFP

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 9 mayga belgilangan Grenlandiyaga safarini bekor qildi. Bu haqda Grenlandiyaning KNR radiouzatish korporatsiyasi ma'lum qildi.  

Ta'kidlanishicha, Pompeo Kangerlussuak shahrida bir necha yuqori lavozimli amaldorlar bilan uchrashuv o‘tkazishi, so‘ngra esa uni mamlakat bosh vaziri Kim Kilsen kutayotgan Nuuk shahriga borishi kerak edi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Pompeo hozircha safarini bekor qilishi sababini tushuntirmagan.

Ma'lum qilinishicha, vashingtonlik mehmon kelishiga astoydil tayyorgarlik ko‘rilgan va uning xavfsizligi uchun Daniya tomonidan orolga qo‘shimcha kuchlar jo‘natilgan. 

Pompeo 8 may kuni ham to‘satdan rejalarini o‘zgartirib, Germaniyaga safari o‘rniga Iroqqa borgandi.

Mavzuga oid
Top