00:07 / 09.05.2019
15977

«Barselona» Valverdeni iste'foga chiqarishi mumkin

Foto: Marca

«Barselona» rahbariyati jamoaning Chempionlar Ligasini tark etganidan norozi.

Yarimfinal bosqichida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Liverpul»dan (3:0 va 0:4) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, direktorlar kengashi bosh murabbiy Ernesto Valverde kelajagini muhokama qiladi. Ispaniyalik mutaxassis mavsum oxirida lavozimini tark etishi ham mumkin, deb xabar beradi Marca.

Bu mavsumda Valverde qatorasiga ikkinchi marta «Barselona» bilan Ispaniya chempioni bo‘ldi. Biroq, Chempionlar Ligasida qatorasiga ikkinchi marta o‘z maydonidagi yirik g‘alabadan so‘ng, keyingi bosqichga chiqolmadi. O‘tgan mavsumda klub «Roma» (4:1 va 0:3) to‘sig‘idan o‘tolmagan edi.

Top