07:33 / 10.05.2019
9431

Yaponiya sohillari yaqinida bir soat ichida ikkita kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Foto: Flickr / Matt Katzenberger

Yaponiyaning Kyusyu oroli sohillari yaqinida bir soat ichida 5,6 va 6,1 magnitudali ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.   

Birinchi yer osti silkinishi mahalliy vaqt bilan 9 may soat 22.43da qayd qilingan, uning kuchi 5,6 magnitudani tashkil qilgan. Zilzila markazi Miyadzaki shahridan 22 km olisda, o‘chog‘i 30 km chuqurlikda bo‘lgan.

Ikkinchi yer osti silkinishi soat 23.48da qayd qilingan. Zilzila markazi Miyadzaki shahridan 39 km olisda, o‘chog‘i 40 km chuqurlikda bo‘lgan.

AQSh geologik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 2-zilzila magnitudasi 6,3 ballni tashkil qilgan. 

Tsunami yuz berishi mumkinligi ma'lum qilinmagan. 

Mavzuga oid
Top