22:13 / 13.05.2019
21901

Zelenskiyga 32 dollarlik jarima solindi

Foto: RIA Novosti

Kiyevning Obolon sudi Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyni prezident saylovlari vaqtida noqonuniy tashviqot qilishda aybdor deb topib, unga 850 griven (32,4 dollar) miqdorida jarima soldi.

Zelenskiyning o‘zi sud yig‘ilishiga kela olmagan, shu sababli uning advokatlari ishni usiz ko‘rib chiqishni so‘rashgan. Advokatlar Zelenskiy aybini tan olayotganiga e'tibor qaratishgan. Natijada sud bo‘lg‘usi prezidentga 850 grivenlik jarima solgan.

Zelenskiy Ukraina prezidenti saylovlarining 2-bosqichida o‘zining saylov byulletenini ommaga ko‘rsatgan, bunday qilish esa Ukraina qonunlari bilan taqiqlangan. U ovoz berish sirini buzishda ayblangan.

Mavzuga oid
Top