23:37 / 14.05.2019
12566

Porsche’ning ilk modelining yagona saqlangan nusxasi 20 mln dollarga sotilishi mumkin

Sotheby’s auksion uyi Montereyda (AQSh) avgustda o‘tadigan savdolarga Porsche kompaniyasining ilk modeli Type 64’ning yagona saqlanib qolgan nusxasini sotuvga qo‘yadi. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, avtomobilning narxi 20 mln dollargacha yetishi mumkin.  

Porsche 64 1939 yilda taqdim qilingan va undan bor-yo‘g‘i uch dona ishlab chiqarilgan. 

Model Volkswagen kompaniyasi buyurtmasiga ko‘ra urush sababli amalga oshmagan Berlin-Rim poygasi uchun ishlab chiqilgan. Ushbu poyga nemis avtobanlarining hamda KdF-Wagen (mashhur “Qo‘ng‘iz”) modelining o‘ziga xos reklamasi bo‘lishi kerak edi. 

Urush sababli Type 64’ning yagona yig‘ilgan nusxasi Germaniya mehnat fronti mulkiga aylangan, loyiha esa tugatilgan. Biroq kompaniya asoschisi Ferdinand Porshe Type 64’dan yana ikkitasini yig‘dirgan. Uchinchi avtomobil avariyada talofat yetgan birinchi avtomobilning shassisini olgan. Aynan shu oxirgi nusxa Ferdinand Porshe oilasi mulkiga aylangan. Keyinroq mashinaga yana 2 kishi egaligiga o‘tgan va bugungi kungacha asl holida yetib kelgan.

Mavzuga oid
Top