08:13 / 15.05.2019
42931

Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Mening mingta ko‘zim yo‘q»

Foto: Alter Ego

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Alter Ego dasturida intervyu berdi. Shahar hokimi jurnalistlar haqida ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Rostini aytganda, ular (jurnalistlar) menga haqiqatan ham yordam beryapti. Qaysidir muammolarni ko‘rsatmoqda. Men hokimman, mingta ko‘zim yo‘q, bir vaqtning o‘zida hamma joyni kuzatib bora olmayman. Ular men ko‘ra olmaydigan muammolarni ochib bermoqda. 

Jurnalistlar Toshkentning har xil joylaridagi muammolarni boricha ko‘rsatib beryapti. Bu menga haqiqatdan ham foyda keltirmoqda. Oxirgi paytlarda matbuotni hurmat qilishni boshladim. Ular menga va odamlarga yordam berishyapti. Men uchun bu ijobiy narsa. Turli sabablarga ko‘ra kelib chiqqan muammolar bor. 

Biroq, men matbuot yanada professional ishlashini, jurnalistlar faktlar va aniq dalillar bilan ish ko‘rishini istar edim», - deydi Ortiqxo‘jayev.

Bundan oldin, Jahongir Ortiqxo‘jayev hokim lavozimida qancha maosh olishini aytgandi.

Top