23:26 / 15.05.2019
19127

Ukraina Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi

Ukraina hukumati Rossiyaga qarshi yangi iqtisodiy sanksiyalar joriy qildi. Bu sanksiyalar muayyan turdagi mahsulotlar yetkazilishini taqiqlash va maxsus boj to‘lovini kiritishni ko‘zda tutadi.

Ma'lum qilinishicha, Ukraina hukumati ushbu sanksiyalarni Rossiyaning qarorlari va harakatlariga javoban kiritgan. Ukrainaga bir qator sanoat mahsulotlari, misol uchun, sement, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, transport vositalarini olib kirish taqiqlangan.

Ukraina joriy qiladigan maxsus boj 2019 yil 1 avgustdan qo‘llana boshlanadi. Uning qiymati import qilinuvchi mahsulotlar qiymatidan muayyan foizni tashkil qiladi. 

Aprelda Rossiya Ukrainadan kiritilishi taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxatiga neft va neft mahsulotlarini kiritgan.

Ukraina 2016 yildan boshlab Rossiyadan turli mahsulotlar, jumladan go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, qandolat mahsulotlari kiritilishini taqiqlagan. 

Top