15:50 / 16.05.2019
16910

Termizda sudyaga pora taklif qilgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

13 may kuni soat 15:50da Afg‘oniston fuqarosi jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tumani sudi raisi K.N.ga xizmat xonasida 500 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida jinoyat ustida ushlangan va ashyoviy dalillar olingan. Bu haqida Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

«Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudining 2019 yil 8 may kungi hukmiga ko‘ra, Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarosi B.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 246-moddasi (Kontrabanda) 1-qismi bilan aybli deb topgan, unga nisbatan JKning 246-moddasi 1-qismi bilan JKning 57-moddasi qo‘llab, eng kam oylik ish haqining 30 (o‘ttiz) baravari, ya'ni 6 081 900 (olti million sakson bir ming to‘qqiz yuz) so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Sud hukmida, hukm qonuniy kuchga kirgan yo‘q qilish hamda O‘zbekiston Respublikasidan deportatsiya qilish va uning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketganiga oid tegishli belgi qo‘yish uchun Surxondaryo viloyat IIB M va FRB boshqarmasiga hukm nusxasi yuborish belgilangan.

B.N.ga sud hukmining O‘zbekiston Respublikasidan deportatsiya qilish va uning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketganiga oid tegishli belgi qo‘yish uchun Surxondaryo viloyat IIB M va FRB boshqarmasiga yuborish qismi bo‘yicha hukm e'lon qilingan bo‘lsa-da, hukmning shu qismini o‘zgartirib berishni, buning evaziga pora berishni taklif qilgan», deyiladi ma'lumotnomada.

Top