09:51 / 17.05.2019
16482

Kristin Lagard O‘zbekistonga keldi

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Xalqaro valuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda Moliya vazirligida bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning XVJ rahbari Kristin Lagard bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 aprel kuni Xitoyda Kristin Lagardni qabul qilgandi. Kristin Lagard Xalqaro valuta jamg‘armasi kompleks iqtisodiy va tarkibiy yangilanishlarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekistonga zarur barcha yordamni ko‘rsatishni davom ettirishga qat'iy intilishini ta'kidlagan.

«Siz O‘zbekiston aholisi farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rmoqchiman», - degandi Kristin Lagard.

Mavzuga oid
Top