00:08 / 17.05.2019
9127

Misrda 47 jangari yo‘q qilindi

Misr harbiylari ichki ishlar vazirligi kuchlari ko‘magida Sinay yarimorolining markaziy qismi va shimolida 47 jangarini yo‘q qildi. 

Ta'kidlanishicha, Sinayda davom etayotgan maxsus operatsiya vaqtida katta miqdorda qurol va o‘q-dori tortib olingan, jangarilar tomonidan qo‘llangan panohgohlar va transport aniqlangan. 

Bundan tashqari, turli jinoyatlarni sodir etishda gumon qilingan 150 dan ko‘proq kishi ushlangan.

25 aprelda Misr hukumati 3 oylik muddatga favqulodda holat rejimini kiritgan. Sinay yarimorolining shimol hududlarida komendantlik soati amal qilmoqda.

Mavzuga oid
Top