15:39 / 21.05.2019
5883

Lukashenko vazirlardan uzundan-uzoq hisobotlar o‘rniga natijani ko‘rsatishlarini talab qildi

Foto: Nataliya Fedosenko / TASS

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat hukumatidan Rossiyadan ifloslangan neft yetkazilishi bilan bog‘liq vaziyat borasida uzundan-uzoq hisobotlar o‘rniga aniq natija haqida ma'lumot berishini talab qildi.

«Hisobotni o‘qib chiqdim va bosh vazirga qaytardim. Menga qaytib bunday hisobotlar yozmanglar. Shunchaki vaqtingizni ketkizyapsiz», — dedi Lukashenko vazirlar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, unga qanday natijalarga erishilgani haqida ikki satr ma'lumot yetarli.

«Qahramonliklaringiz, kim bilan uchrashdingiz, kim bilan gaplashdingiz, nimani muhokama qildingiz, qanday, bularning menga nima keragi bor? Menga natija kerak», — dedi.

Avvalroq Aleksandr Lukashenko «Drujba» neft quvuri orqali kelgan iflos neftdan mamlakatdagi korxonalar yuzlab million dollar zarar ko‘rganligini aytgandi.

Top