09:50 / 22.05.2019
9031

75 yoshli fuqaro o‘z uyida ko‘knor yetishtirgani va saqlagani aniqlandi

2019 yil 15 may kuni “Qoradori-2019” keng qamrovli tadbiri o‘tkazilgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Uning davomida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi 75 yoshli Q.Q. uyi tomorqasida 340 tup “ko‘knor” giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan hamda omborxonasidan 4 kg. 772 gr. “ko‘knor” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top