18:39 / 22.05.2019
9601

Budjetni oson yuritish: 4 ta maslahat

Ko‘pchiligimiz qancha pul sarflayotganimizni bilmaymiz. Bunga sabab – aniq budjetning mavjud emasligi. Kimdir jami xaridlar uchun qancha pul ketayotganini tushunishdan cho‘chiydi, boshqalar esa budjet yuritishni murakkab va ko‘p mehnat talab etadigan ish deb hisoblaydilar. Pulni hisoblash qanchalik oson ekanligi haqida hikoya qilamiz.

Foto: Unsplash

Kartadan to‘lang

Birinchidan, banklar buning uchun keshbek to‘lashga tayyor. Ikkinchidan, kartadan pul to‘lash bir oyda qancha pul sarflanayotganini aniq kuzatish imkonini beradi. Ko‘pchilik bank mobil ilovalari xarajatlar kategoriyalarga qarab ajratilgan diagrammani ko‘rsatadi: kiyim-kechak, supermarketlar, ko‘ngilochar mashg‘ulotlar va hokazo. Har bir xarajatdan keyin chekdagi ma'lumotni yozib olish shart bo‘lmaydi. Ilovani ochishning o‘zi yetarli.

Foto: Unsplash

Smartfon uchun ilovadan foydalaning

Tasavvur qilaylik, siz ancha oldin naqd puldan voz kechib, karta orqali to‘lovlarni amalga oshiryapsiz. Bir necha kartalardan foydalansangiz, budjetni hisoblash qay darajada qulay? Axir oy oxirida har bir kategoriyani hisoblab chiqish qulay emas-da. Bunda sizga smartfon uchun mo‘ljallangan ilovalar yordamga keladi. Ular barcha kartalar bo‘yicha xarajatlarni to‘playdi. Ulardan eng mashhurlari — «Dzen-mani», «Koinkiper».

Foto: Unsplash

To‘lovlarni avtomatlashtiring

Har birimizda kerakli xarajatlar bo‘ladi. Ularsiz yashashning iloji yo‘q. Bu kommunal to‘lovlar, telefon, internet, bolalar bog‘chasi va bolaning kurslari uchun to‘lovlar. Ularni esdan chiqarmaslik va pulni ortiqcha narsalarga sarflamaslik uchun onlayn bankda avtomatik to‘lovlarni sozlang. Mablag‘ maosh olinganining ertasiga yechib olingani qulayroq. Ana o‘shanda pul barcha xarajatlar uchun yetishi aniq.

Foto: Unsplash

O‘zingizni nazorat qiling

Ko‘zdan qochiriladigan mayda xarajatlar talaygina. Do‘konchadagi gazli suv, qahvaga qo‘shimcha sirop. Bu juda arzondek tuyuladi, biroq oy oxiriga kelib katta mablag‘ to‘planadi. Budjetni taqsimlashga harakat qiling. Masalan, oy boshida zaruriy to‘lovlar va moliyaviy yostiq uchun pul ajrating. Qolgan pulni kunlar soniga taqsimlang. Shunda sizda har kuni sarflashingiz mumkin bo‘lgan mablag‘ paydo bo‘ladi. Limitdan oshirib yubordingizmi? Kelasi kuni kamroq pul sarflashga to‘g‘ri keladi. Jami budjet bilan bunday qilolmaysiz, faqat ayrim kategoriyalarga nisbatan bu usulni qo‘llash mumkin. Masalan, uydan tashqarida ovqatlanishga ko‘p pul sarflasangiz, limit belgilab, uni kunlar soniga taqsimlang.

Siz ham budjet yuritasizmi?

Mavzuga oid
Top