14:41 / 22.05.2019
11961

Qo‘qonda talonchilar ushlandi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 2019 yil 17 may kuni Uchko‘prik tumanida yashovchi 21 yoshli F.M. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 16 may kuni “Qo‘qon savdo kompleksi”ga “Samsung” mobil telefonini sotish uchun kelganida 2 nafar noma'lum shaxs mobil telefonini 320 000 so‘mga sotib olishlarini, pulni avtomashinadan olib berishni  aytib, Chortoq ko‘chasiga yetib kelganlarida noma'lum shaxslardan biri yuziga qo‘li bilan urib mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringanliklarini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qo‘qon shahar Obirovon ko‘chasida yashovchi 19 yoshli S.Q. va M.M. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Top