21:51 / 22.05.2019
4929

Siril Ramafosa JAR prezidenti etib qayta saylandi

Foto: AFP 2019 / Mujahid Safodien

Janubiy Afrika respublikasi parlamenti “Afrika milliy kongressi” partiyasi yetakchisi Siril Ramafosani mamlakat prezidenti etib qayta sayladi.

Ta'kidlanishicha, Ramafosaga hech kim raqobatlik qilmagan.

JARda 8 may kuni milliy assambleya (parlamentning quyi palatasi) va hududlar qonunchilik yig‘inlariga umumiy saylovlar bo‘lib o‘tgan. Saylov komissiya ma'lum qilganidek, parlament saylovlarida 57,51 foiz ovoz bilan “Afrika milliy kongressi” g‘olib bo‘lgan. 

JARda umumiy saylovlar 5 yilda bir marta o‘tkaziladi. Bunda saylovchilar muayyan nomzodga emas, balki siyosiy partiyaga ovoz berishadi. G‘olib chiqqan partiya o‘z yetakchisini mamlakat prezidenti etib tayinlaydi.

Bungacha Ramafosa JAR prezidenti lavozimini 2018 yil fevralidan egallab kelayotgandi.

Mavzuga oid
Top