08:32 / 24.05.2019
4848

Xitoyda kichik kema to‘ntarilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Foto: CGTN

Xitoyning Guychjou provinsiyasida kichik kema to‘ntarilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 8 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma'lum qildi. 

Bortida 29 yo‘lovchi bo‘lgan kema 23 may kechki vaqt Beypanszyan daryosida to‘ntarilib ketgan. Ayni vaqtda 11 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan, 10 kishi halok bo‘lgan, 8 kishi bedarak yo‘qolgan.

Politsiya kema egasini qo‘lga olgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid
Top