15:40 / 26.05.2019
26240

Qoraqalpog‘istondagi tumanlardan birining ko‘p yillik hokimi o‘zgardi

25 may kuni Qorao‘zak tumani xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari 48-sessiyasida Jo‘qorg‘i Kenges raisi farmoyishga asosan Roman Abdikadirovich Jumabayev Qorao‘zak tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda «KRuz.uz» manbasi xabar berdi

Ma'lumot uchun, Roman Abdikadirovich Jumabayev 2010 yilning 25 oktyabridan buyon «O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

U shu kunga qadar Qorao‘zak tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Utemuratov Dauletbay o‘rnini egalladi.

Ma'lumot uchun, Dauletbay Utemuratov Qoraqalpog‘iston tarixida eng uzoq vaqt davomida bitta tumanga rahbar bo‘lgan hokim edi. U 2010 yildan boshlab Qorao‘zak tumanini boshqarib kelayotgandi.

Top