21:22 / 27.05.2019
12901

Buxorodagi o‘ta muhim obektlarda shartli dushmanni qo‘lga olish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘tgan haftada Buxoro viloyatida joylashgan Mudofaa vazirligi Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismlardan birida maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining yozishicha, ushbu majmuaviy maxsus-taktik mashg‘ulotlar hamkorlikdagi qurolli kuchlar tuzilmalari harakatlarini muvofiqlashtirish, mobil bo‘linmalarning o‘ta muhim obektlarga yetib borish vaqtlarini qisqartirish, turli ko‘rinishdagi tajovuzlarning oldini olish, tabiiy va texnogen ofatlar ro‘y berganda ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida o‘tkazildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tegishli vazirlik va idoralar kuch tuzilmalari bilan xamkorlikda tashkil etilgan maxsus-taktik o‘quvlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari hamda Qandim gazni qayta ishlash zavodi mutasaddilari tomonidan mashg‘ulotda faol qatnashgan harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
 
Top