11:50 / 27.05.2019
47200

Ektor Kuper milliy jamoaga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e'lon qildi – tarkibda yangi nomlar bor

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper 28 may - 12 iyun kunlari o‘tkaziladigan yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e'lon qildi.

Ro‘yxatdan 25 nafar futbolchi joy olgan:

Darvozabonlar:
Quvvatov Sanjar («Paxtakor») 
Ilyosov Javohir («Lokomotiv») 
Suyunov Eldor («Paxtakor») 
Ergashev Botirali («Dinamo») 

Himoyachilar:
Krimets Yegor («Paxtakor») 
Ismoilov Anzur («Lokomotiv») 
Tursunov Dostonbek («Renofa Yamaguchi», Yaponiya)  
To‘xtaxo‘jayev Islom («Lokomotiv») 
Zoteyev Oleg («Lokomotiv») 
Sayfiyev Farruh («Paxtakor»)
Komilov  Akromjon («Paxtakor») 
Hoshimov Davron (“Lokomotiv” )
Alijonov Hojiakbar («Paxtakor») 

Yarimhimoyachilar:
Hamrobekov Odiljon («Paxtakor») 
Ahmedov Odil («Shanxay SIPG», Xitoy)
Musayev Fozil («Jubilo Ivata», Yaponiya)
Aliboyev Ikrom («Seul», Janubiy Koreya)
O‘runov Oston («Navbahor») 
Masharipov Jaloliddin («Paxtakor») 
Ibragimov Doston («Buxoro»)
Ro‘ziyev Quvondiq  («Qo‘qon-1912»)
Mirzayev Sardor  («Lokomotiv»)

Hujumchilar:
Shomurodov Eldor («Rostov», Rossiya)
Sergeyev Igor («Paxtakor») 
Abduxoliqov Temurxo‘ja («Lokomotiv»)

Legionerlardan Doston Tursunov va Ikrom Aliboyev o‘z klublari tarkibida milliy chempionat o‘yinlarni o‘tkazib, 3 iyun kuni O‘zbekistonga yetib kelishadi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi 2 iyun kuni safarda Turkiya bilan, 7 va 11 iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.

Top