17:04 / 27.05.2019
6579

Everestda avstraliyalik alpinist behush holda topildi

Foto: China Daily

Everest tog‘i yonbag‘rida avstraliyalik alpinist behush holda topildi va Nepaldagi kasalxonalardan biriga yotqizildi, deb xabar berdi ABC telekanali Avstraliya tashqi ishlar va savdo vazirligiga tayanib.

OAVning ma'lum qilishicha, tibetlik qutqaruvchilar alpinistni 7,5 ming metr balandlikda, Everest tog‘i yonbag‘rida topishgan. U og‘ir ahvolda bo‘lgan.

Avvalroq Himalayan Times gazetasi Nepal turizm departamenti vakiliga tayanib, may oyi boshidan buyon Everestda kamida 10 kishi halok bo‘lganini yozgandi. 

Nepal OAVning yozishicha, alpinistlarning halokatiga o‘ta og‘ir ob-havo sharoiti va yo‘nalishlarida uchraydigan "tirbandliklar" sabab bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top