17:01 / 27.05.2019
10860

Hujjatda «o‘yinchoq» deb ko‘rsatilgan tovar aslida nima edi?

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxona xodimlari tomonidan yana bir qonunbuzarlik holati fosh etildi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Termiz-Aeroport” chegara bojxona postiga Xalqaro Pochta va Kurerlik xizmati orqali fuqaro A.B nomiga kelgan pochta jo‘natmasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada hujjatda “o‘yinchoq” deb ko‘rsatilgan tovar uchuvchisiz uchish apparati ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 2 may kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Mavzuga oid
Top