Misrning Ismoiliya shahri yaqinida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 9 politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda Youm7 nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, politsiyalarni olib ketayotgan pikap yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. YTHdan keyin avtomobil yonib ketgan. Undagi 2 zobit va 7 askar halok bo‘lgan.
Politsiyachilar Iskandariyadan Shimoliy Sinaydagi xizmat joylariga ketayotgan bo‘lganlar.
Taxmin qilinishicha, YTH haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik oqibatida yuz bergan.