10:30 / 28.05.2019
27179

Amerikalik professor hamyurtlarining O‘zbekistonga sayohat qilishiga xalaqit berayotgan omillarni aytdi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Xalqaro anjuman ishtirokchilari anjuman kun tartibiga qo‘yilgan masalalarga doir fikr-mulohazalari hamda yurtimiz haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.

Mark Rozenbaum, Janubiy Karolina universiteti professori (AQSh):

– Turizmdagi xizmat ko‘rsatish sohasi talab darajasida emasligi, aeroportning o‘zidayoq VISA kartalaridan to‘lovlarni amalga oshirish muammo ekanligi, Wi-fi hududlarning juda kamligi, Internet tezligi pastligi AQSh fuqarolarini O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishga rag‘batlantirmaydi. Bu mening shaxsiy kuzatuvlarim, yana ayrim mayda detallar borki, ularga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.

Top