09:00 / 28.05.2019
57243
Reklama

O‘zbekistonda shinalarni ishlab chiqaruvchi birinchi zavod qanday ishlamoqda?

Hukumat tomonidan «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJni yagona yetkazib beruvchi sifatida tan olingani OAV sahifalarida katta muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 apreldagi qarori bilan «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJ faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Xo‘sh, aholiga turli xildagi shinalar hamda konveyer lentalarini yetkazib beruvchi zavod hozirda qanday faoliyat olib bormoqda? Kompaniya shina bozorida birinchi va yagona bo‘lishga loyiqmi? 

Ushbu savollarga javob topish maqsadida mustaqil jurnalistik tadqiqot o‘tkazildi. Tadqiqot davomida belgilangan narxlar bozordagi analogik mahsulotlar narxlari solishtirildi. Zavodda qanday sinovlar va sertifikatlar joriy etilganligini aniqlashdi.

Izlanishlar natijasida shu narsa ma'lum bo‘ldiki, aholi manfaati uchun narxlar juda past qilib belgilangan bo‘lib, yuqori sifat yangi texnologiyalar uyg‘unligida iste'molchiga uzoq muddat davomida zavod mahsulotidan muvaffaqiyatli foydalanishga imkon beradi.

Xalqaro talablar darajasida sinalgan sifat

Avtomobil shinalarini texnologik jihatdan litsenziyalash uchun jahon miqyosidagi «LINGLONG TireCo». Ltd. kompaniyasining professional mutaxassislari jalb etildi. Zavod Italiya, Germaniya, Ispaniya, Gollandiya, Xitoy va Yaponiyaning shina sohasidagi yetakchi kompaniyalarning ishlab chiqarish uskunalari o‘rnatildi. Tayyor bo‘lgan mahsulot sifatini nazorat qilish esa - to‘liq avtomatlashtirilgan tizimda Yaponiyaning ilg‘or KOBELCO kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Yangi ish o‘rinlari

«Angren» EIZda joylashgan korxona 30 ga hududni qamrab oladi. Katta zavod shuningdek, 1200 yangi ish o‘rinlarini yaratadi va bu orqali aholi bandligini ta'minlashga hissa qo‘shadi.  Bu yerda yosh mutaxassislar xorijdan taklif etilgan professional xodimlardan yangi tajriba va ko‘nikmalarni egallash imkoniga ega bo‘lishadi. Bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, 3 yil mobaynida uskuna yetkazib beruvchilar ishlab chiqarish uchun texnologik yordam ko‘rsatadi.

Zavodda quyidagi mahsulotlar ishlab chiqariladi:

  • 100 ming pogon metr konveyer lentasi;
  • 200 ming dona qishloq xo‘jaligi shinalari;
  • 3 million dona avtomobil shinalari.

Maqsad – mukammallik!

O‘z hayotini himoya qilgan va o‘ziga ishongan haydovchilar faqatgina sifatli va chidamli mahsulotni tanlaydi. «Birinchi rezinotexnika zavodi» tomonidan ishlab chiqariluvchi BARS shinalari qulaylik bilan maksimal darajadagi xavfsiz harakatni ta'minlaydi.

Har qanday sinovdan muvaffaqiyat ila o‘tish

Bir yil davomida biz mijozlarga chinakam natijani ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldik. Mahsulotlar yevropa standartlari bo‘yicha Chexiya transport vazirligi qoshidagi Rezina texnologiyalari va sinov instituti (IGTT a.s.)da sinovdan o‘tkazilganda, barcha shinalar Markaziy Osiyo iqlimi va tabiatiga moslashganligi, turli xil qoplamali yo‘llarda ham harakatlana olishi aniqlandi. Ekspertlar guruhining eng zamonaviy texnik tekshiruvchi va o‘lchov uslublarida mahsulotlar o‘z sifatini namoyish eta oldi. YeS-117 va YeS-30 sertifikati, shuningdek, ISO 9001:2015 menejment sertifikatiga ega bo‘lib, zavod mahsuloti O‘zbekiston Respublikasi milliy sertifikatsiya tizimida sertifikatlangan.

Eslatib o‘tamiz, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning 67-moddasi birinchi bandiga binoan davlat buyurtmachilari «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJdan ushbu mahsulot xaridining raqobatli tartib-taomilini o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali amalga oshirishlari mumkin. Shu bilan birga, davlat buyurtmachisi tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridini faqat yagona yetkazib beruvchida amalga oshirishga majbur emas. Siz boshqa potensial yetkazib beruvchi kompaniyalar ishtirokida xaridning raqobatli tartibdan foydalanishingiz mumkin.

Istiqboldagi rejalar

2020 yilga kelib zavod «General Motors Uzbekistan» AJ avtomobillarini mahalliy shinalar bilan ta'minlashni rejalashtirgan. Endilikda avtomobillarni o‘zimizning rezinotexnika zavodimizda ishlab chiqarilgan shinalar bilan chiqarish imkoni mavjud. Bu esa o‘z navbatida, 2019 yil uchun rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmining qariyb 49,2 foizini tashkil etadi.

«Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJ shinalari Respublika bo‘ylab 100ga yaqin avtosalon va firma do‘konlaridan topish mumkin. Biz bilan birgalikda hamkorlik qilishni istagan dilerlik korxonalar va do‘konlar bilan ishlashga hamisha tayyormiz.

O‘zimizning jahon standarti asosida ishlab chiqarilgan milliy mahsulotdan qo‘ymasin! Yo‘llarimiz ravon va bexatar bo‘lsin.

Manzil: Toshkent viloyati, Angren shahri, Sanoat zonasi.

Murojaat uchun telefonlar: +99871 150 32 22, +99878 129 00 77

Sayt: www.brz.uz

Facebook: fb.com/brz.uz

Telegram: t.me/barstires

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top