15:48 / 28.05.2019
7990

O‘zbekistonda Ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi 

Foto: AAT Travel

Hukumat qarori bilan Ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Konsepsiyaning maqsadi yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish, ekologiya sohasidagi ilm-fanni innovatsion texnologiyalarni jalb qilgan holda takomillashtirishdan iborat.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida “Ekolog bolajon” dasturi joriy etiladi va “Ekologik yo‘lakchalar” tashkil etiladi.

Shuningdek, “Ona tabiat” mavzusida ochiq havoda tanishtiruv soatlari o‘tkaziladi.

Maktablarda “Eng yaxshi ekologik toza maktab”, “Eng yaxshi ekolog o‘quvchi” ko‘rik tanlovlari o‘tkaziladi.

Litseylar va kollejlar o‘quvchilari o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni” musobaqasi tashkil etiladi.

Oliy ta'lim muassasalari, talabalar turar joylarida “Eko-klublar” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2019 yil dekabrgacha ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga oid zarur materiallar va boshqa ma'lumotlar berishga mo‘ljallangan ekologiya.uz sayti ishga tushiriladi.

Top