11:55 / 28.05.2019
6511

Xo‘jaylida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal oqibatida bir kishi kasalxonaga yotqizildi

2019 yil 23 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida yashovchi, 41-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi D.A., T.Ibragimov ko‘chasida o‘zaro janjal tufayli shu ko‘chada yashovchi, 2-sonli o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi F.J.ning yuziga qo‘li bilan urgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu vaqtda F.J. boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan.

Natijada F.J. kasalxonaga yotqizilib, D.A. qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top