23:30 / 29.05.2019
7783

GFR prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer 27-29 may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.

Tashrif asnosida an'anaviy do‘stlik, ochiqlik va o‘zaro anglashuv ruhida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazildi. Germaniya Prezidenti ushbu mamlakatning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi, ishbilarmon doiralarning davra suhbati hamda Yohann Volfgang Gyote haykali va bog‘ining ochilish marosimida qatnashdi, sanoat korxonalari bilan tanishdi.
Frank-Valter Shtaynmayyer Xorazm viloyatida ham bo‘lib, Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan suhbatlashdi, Xiva shahridagi tarixiy obidalarni tomosha qildi.

Shu bilan GFR Federal Prezidentining mamlakatimizga tashrifi yakunlandi. Frank-Valter Shtaynmayyer Xorazmdan Germaniyaga jo‘nab ketdi. 

Mavzuga oid
Top