12:34 / 31.05.2019
4029

Bojxonachilar maishiy texnika buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Bojxona organlari tomonidan maishiy texnika buyumlarining noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda Zangiota tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, Toshkent viloyatining Zangiota tumani joylashgan, savdo majmuasi avtoturargohida fuqaro Yu.R. tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 15 million so‘mlik changyutgichlarni sotayotgan paytda qo‘lga olindi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro Yu.R.ga tegishli avtoturargohlar (garajlar) xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, tegishli hujjatlari bo‘lmagan qiymati 281 million so‘mlik 308 dona har xil turdagi maishiy texnika vositalari noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi.

Tadbir davomida ashyoviy dalil sifatida olingan maishiy texnika vositalarining umumiy qiymati 296 million so‘mni tashkil etdi.

Ayni vaqtda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top