12:09 / 31.05.2019
20517

Dam olish kuni qanday ob-havo kutilyapti?

Foto: KUN.UZ

Respublika Gidrometeorologiya markazi 1-4 iyun kunlari bo‘yicha ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm. Havo o‘zgarib turadi, 1 iyunda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2–4 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 1 iyunda ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1–2 iyunda kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 28–33 daraja issiq, 3–4 iyunda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 30–35 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 1 iyunda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2–4 iyunda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 1–2 iyunda ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 1 va 4 iyunda 28–33 daraja, 2–3 iyunda 25–30 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 1 iyunda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2–4 iyunda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 1–2 iyunda ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 1 iyunda 28–33 daraja, 2–4 iyunda 25–30 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 1 iyunda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2–4 iyunda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 1–2 iyunda ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 1 iyunda 30–35 daraja, 2–4 iyunda 28–33 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 1 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 2–4 iyunda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 2 iyunda ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 1 iyunda 30–35 daraja, 2–4 iyunda 25–30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 1–2 iyunda ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9–14 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top