08:40 / 31.05.2019
14208

O‘zbekiston milliy jamoasi Turkiyaga yo‘l olmoqda (fotogalereya)

Bugun, 31 may kuni O‘zbekiston milliy jamoasi Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashish uchun Istanbulga jo‘nab ketadi. Ektor Kuper bosh jamoaga jalb qilgan 26 nafar futbolchi va milliy jamoa delegatsiyasi Turkiyaga uchib ketish uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida jam bo‘ldi.

Milliy jamoa Toshkent-Istanbul-Antaliya-Alaniya yo‘nalishi bo‘ylab safarga chiqadi. Toshkentdan Istanbulga uchgan jamoa Turkiya poytaxtidan Antaliyaga ham samolyotda yo‘l oladi. Keyinchalik Antaliyadan Alaniyaga avtobusda boriladi. Kuper milliy jamoaga jalb qilgan barcha 26 futbolchi Turkiyaga yo‘l olish uchun Toshkent xalqaro aeroportiga keldi.

O‘zbekiston milliy jamoasi 2 iyun kuni Alaniyada Shenol Gunesh murabbiyligidagi Turkiya milliy jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida qatnashadi hamda 3 iyun kuni Toshkentga qaytadi. O‘zbekiston milliy jamoasining Turkiya safariga hamrohlik qilayotgan Tribuna.uz muxbirlari yangiliklar bilan sizni boxabar qilib boradi.

Top