01:13 / 31.05.2019
8352

Turkiya o‘rtoqlik o‘yinida Gretsiyani yengdi, navbatdagi raqib – O‘zbekiston milliy jamoasi

Turkiya milliy jamoasi Antaliyada Gretsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘yin taqdirini Under va Qoramon tomonidan urilgan tezkor gollar hal qildi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi 2 iyun kuni safarda Turkiya bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

O‘rtoqlik o‘yini
Turkiya – Gretsiya 2:1 (2:0, 0:0)

30 may, «Antaliya 100 yilligi» stadioni
Gollar: 1:0 – 11 Under, 2:0 – 17 Qoramon, 2:1 – 90+3 Kurbelis.
Turkiya – Chaqir, Merash, Sangare, Oyxon, Suyunchi, Yoqushlu (Tekdemir, 61), Yoziji (Qahvachi, 46), Under, To‘fon (O‘zyoqub, 46), Qoramon (Umr, 46), To‘sun (Yolchin, 55).
Gretsiya – Pasxalakis, Kurbelis, Kutris (Stafilidis, 46), Valeryanos (Buxalakis, 54), Siopis (Mantalos, 75), Mavrias (Kotsiras, 73), Masuras (Durmishay, 65), Pelkas (Kolovos, 46), Fortunis, Samaris, Kuluris.
Ogohlantirishlar: Kurbelis (67), O‘zyoqub (68).

Top