11:00 / 02.06.2019
68583
Reklama

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida qabul jarayoni boshlandi

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida 2019-2020 o‘quv yili uchun qabul jarayoni boshlandi.  

Foto: Yodju

Institutda 11 ta'lim yo‘nalishi mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 

•  Arxitektura va shaharsozlik
•  Qurilish
•  Muqobil energiya 
•  Turizm
•  Biznesni boshqarish 
•  Xalqaro iktisodiy munosabatlar 
•  Xalqaro marketing 
•  Maktabgacha ta'lim
•  Boshlang‘ich ta'lim
•  Koreys tili filologiyasi 
•  Chiroy estetikasi va liboslar dizayni (rejada, qo‘shimcha ma'lumot beriladi)

Foto: Yodju

Abituriyentlar xujjatlarni onlayn ravishda 1 iyundan boshlab admission.ytit.uz veb sahifasi orqali va 1 iyuldan boshlab offlayn (institutga tashrif buyurgan holda) topshirishlari mumkin. 

Taqdim etiladigan hujjatlar: 

•  Pasport nusxasi 
•  Diplom maktab/litsey/kollejni tamomlaganligi haqidagi hujjat. (baholar ilovasi bilan birga)
•  Rasm – 3.5x4.5sm (rasmga tushgan muddati 3 oydan oshmagan bo‘lishi lozim) 
•  Mavjud bo‘lsa IELTS (5.0), TOEFL (50) yoki TOPIC (2) sertifikatlar nusxasi

Kirish imtihonlari 10-25 avgust oralig‘ida institut binosida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ta'lim yo‘nalishidan kelib chiqqan holda, imtihon fanlari quyidagicha:

     •  Arxitektura va shaharsozlik – Matematika va ingliz tili
     •  Qurilish - Matematika va ingliz tili
     •  Turizm – Matematika va ingliz tili (“O‘zbekiston tarixi” fanidan suhbat)
     •  Muqobil energiya – Fizika va ingliz tili 
     •  Biznesni boshqarish - Matematika va ingliz tili
     •  Xalqaro marketing - Matematika va ingliz tili
     •  Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - Matematika va ingliz tili
     •  Boshlang‘ich ta'lim – Ona tili va ingliz tili 
     •  Maktabgacha ta'lim – Biologiya va ingliz tili 
     •  Koreys tili filologiyasi – Ingliz tili va koreys tili 
     •  Chiroy estetikasi va liboslar dizayni – ximiya va biologiya (rejada, qo‘shimcha ma'lumot beriladi)

Foto: Yodju

Abituriyentlar til bilish bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan taqdirda IELTS (5.0), TOEFL (50) ingliz tili imtihonidan va TOPIC (2) koreys tili imtihonidan ozod etiladi.
Shuningdek, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi (British Council) tomonidan kompyuterda IELTS sinovlari quyidagi sanalarda Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida o‘tkazilishini ma'lum qilamiz: 14.06.2019 y., 21.06.2019 y., 28.06.2019 y., 05.07.2019 y., 12.07.2019 y., 19.07.2019 y. va 26.07.2019 y.  

Quyidagi veb sahifa orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin:

www.britishcouncil.uz/en/exam/iels/dates-fees-locations/computer-delivered

Qabul jarayoni hamda boshqa savollar bo‘yicha batafsil ma'lumot uchun: 
Tel: 78-129-40-40 (115), (128) manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir, 156

admission.ytit.uz

Reklama huquqi asosida

Top