18:53 / 04.06.2019
7829

Jay-Z dunyodagi ilk milliarder reperga aylandi

Foto: Getty Images

Reper Jay-Z boyligi bir milliard dollarni tashkil etgan dunyodagi birinchi xip-xop ijrochisi bo‘ldi, deb xabar berdi Forbes.

49 yoshli qo‘shiqchi aktivlariga Nyu-York va Kaliforniyadagi 120 million dollarlik ko‘chmas mulklar, Armand de Brignac shampan ishlab chiqarish (310 million) va DʼUssé konyak ishlab chiqarish (100 million) kiradi. Reper egalik qiladigan san'at asarlari kolleksiyasi narxi 70 million dollar deb baholanadi.

Jay-Z V investitsion portfeliga Uber’dagi qiymati 70 million dollarlik ulush ham kiradi. U shuningdek, Tidal musiqiy striming servisiga ega bo‘lib, nashrning yozishicha, servis narxi 100 million dollarga baholanadi.

Forbes 2018 yilda Jay-Z’ni eng ko‘p haq oluvchi musiqachilar ro‘yxatiga kiritgan. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, reper bir yil davomida 76,5 million dollar ishlab topgan.

Mavzuga oid
Top