22:14 / 04.06.2019
36418

Tramp yangi soch turmagi bilan amerikaliklarni hayratlantirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp tashqi ko‘rinishiga biroz o‘zgartirish kiritib, omma oldida yangi soch turmagi bilan paydo bo‘ldi. Endi AQSh yetakchisi sochini orqaga tarab olmoqda.

Tramp shunday ko‘rinishda sinagogadagi otishma qurbonlari xotirasiga o‘tkazilgan tadbirga kelgan.

Amerikaliklarni prezidentlarining yangi soch turmagi hayratlantirgan, bundan tvitterdagi ko‘plab izohlar darak bermoqda.

Aksariyat odamlarning Trampning yangicha soch turmagidan ko‘ngli to‘lmagan va ular bu haqda ijtimoiy tarmoqda o‘z fikrlarini bildirishgan. “Iltimos, avvalgi soch turmagingizni qaytaring. Yangi turmak sizga xos emas. Qirolicha Yelizaveta yoki yana biror bir boshqa odam uchun qiyofangizni o‘zgartirish kerak emas”, deb izoh bergan foydalanuvchilardan biri.

Boshqalar esa aksincha prezidentni qo‘llab-quvvatlashgan. “Yangi soch turmagingiz ajoyib. Shunday yuravering. U zamonaviyroq va nafisroq ko‘rinadi. Avvalgi soch turmagingiz boshqa dolzarb emas. Endi sizda o‘ziga tortuvchi jihat bor va siz hayotdan zavqni namoyish qilmoqdasiz. Bravo”, deb Trampning yangi qiyofasini ma'qullagan boshqa bir foydalanuvchi. 

Mavzuga oid
Top