21:36 / 04.06.2019
10502

Zelenskiy Poroshenkodan ko‘ra yaxshiroqligini aytdi 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker bilan Bryusseldagi uchrashuvda o‘zidan avvalgi prezident Pyotr Poroshenkodan yaxshiroq ekanligini aytib hazil qilgan.

Bundan oldin esa ikki siyosatchi Ukraina va Yevropa Ittifoqi bayroqlari oldida qo‘l siqishishgan.

Yunkerdan Poroshenkoni sog‘inayotgani haqida so‘ralganda, u Zelenskiyning qo‘lini qo‘yvormay turib, “Menda yangisi bor” deb kulib qo‘ygan. 

Zelenskiy o‘z navbatida “Men yaxshiroqman. Yangisi eskisidan yaxshiroq bo‘ladi”, deb inglizchalab hazilni davom ettirgan. 

Avvalroq Ukrainanng yangi prezidenti Bryusselga NATO va Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan uchrashgani kelgan. 

Mavzuga oid
Top