11:20 / 06.06.2019
70862

Britaniya kompaniyasi «Yangi Toshkent» loyihasini taqdim etdi

Benoy Britaniya me'morlik kompaniyasi shahar ma'muriyati, elchixonalari, tijorat tashkilotlari va aeroport ko‘chirilishi kerak bo‘lgan «Yangi Toshkent» loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Myday yozmoqda.

Chirchiq daryosining chap sohilida 20,000 gektar hududda 2 million aholi uchun shahar barpo etish taklif qilinmoqda.

Foto: Benoy

Me'morlar g‘oyasiga ko‘ra «Yangi Toshkent» o‘z ichiga bir nechta «jalb qilish markazlari»ni olishi kerak. Bular hukumat kvartali, biznes-siti, yangi aeroport tumani va yagona bo‘lgan New Tashkent Island – yangi va hozirgi shahar o‘rtasidagi orol.

Foto: Benoy

Unda turar-joy majmualari va savdo-ko‘ngilochar markazlari joylashadi. Taklif qilingan hududda sohili bo‘ylab hordiq chiqarish zonalari rejalashtirilgan kanallar tizimi bo‘ladi.

Foto: Benoy

Bu loyihaviy yechim shunchaki Britaniya me'morlik kompaniyasining Toshkentning rivojlanishini qanday tasavvur qilayotgani, deyiladi xabarda.

Foto: Benoy
Foto: Benoy

Bundan oldin, Toshkent viloyati 4ta shahridan «ajralgani» xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top