14:12 / 07.06.2019
12178

JARdagi milliy bog‘dan 10dan ortiq sher qochib ketdi

Foto: Pixabay

JAR sharqidagi milliy bog‘dan 14ta sher qochib ketdi, Limpopo provinsiyasidagi shaharlardan birining aholisi ehtiyotkorlikka chaqirildi, deb xabar berdi Capricorn FM radiostansiyasi.

"Pxalaborva shahri va uning atrofida yashovchilardan ehtiyotkorlikka rioya qilish so‘ralmoqda, chunki 14ta sher erkinlikda. Sherlar Kryuger milliy bog‘idan qochib ketgan", - deyiladi radiostansiya xabarida. ‏

News24 portalining ma'lum qilishicha, Limpopo provinsiyasi hukumati milliy bog‘ vakillari bilan uchrashuvda yirtqichlarni zudlik bilan tutib boqqa qaytarish zarurligini bildirgan.

Avvalroq Kryuger milliy bog‘ida 2,5 yoshli go‘dak leopard hujumi qurboniga aylangani xabar qilingandi. Park reynjyerlari leopardni otib o‘ldirishgan.

Mavzuga oid
Top