12:27 / 07.06.2019
45916

Qozog‘iston g‘arbida kutilmaganda ko‘l paydo bo‘ldi

Foto: Xabar 24

Qozog‘iston g‘arbidagi Atirau viloyatida joylashgan ikki tepalik oralig‘idagi pastlikda kutilmaganda ko‘l paydo bo‘ldi. Bu haqda «Xabar 24» ma'lumot tarqatdi.

Ushbu hududdagi yangi va yagona chuchuk suv havzasi atigi bir necha kun ilgari paydo bo‘lgan. Hozircha mutaxassislar suv tarkibini o‘rganishmadi, biroq bir narsa aniq - bu chuchuk suv.

Mutaxassislarning baholashiga ko‘ra, ushbu ko‘lda kamida 5 ming kub metr suv yig‘ilgan.

 

Mavzuga oid
Top