13:56 / 08.06.2019
53712

Atamboyev: «Bizga parlament respublikasi kerak - bu xayolida kolxoz va Qo‘qon xonligi bo‘lgan prezidentdan yaxshiroq»

Foto: Sputnik / Tabyldy Kadyrbekov

Qirg‘izistonga parlament respublikasi kerak - bu xayolida kolxoz va Qo‘qon xonligi bo‘lgan prezidentdan ko‘ra yaxshiroq. Bu haqda Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev «Korrupsiyaga qarshi haqiqiy kurash uchun» mitingi davomida ma'lum qildi.

«Keyingi safar biz bu to‘daning iste'fo berishini talab qilib chiqamiz. Biz Jeenbekovning kolxozi yoki qo‘ylar emasmiz!» - deya ta'kidlab o‘tgan A.Atamboyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Batukayev ishi yuzasidan Matraimovlar shov-shuvidan e'tiborni tortish jarayoni ketmoqda. «Aytishlaricha, men pul olganman. Mening o‘zim har doim pul berganman. Hammani qamashmoqda - Ataxanov, Salyanova. Salyanova bir necha yildan beri menga qarshi tish qayrab yuribdi, lekin men u pul olmaganini bilaman. Uning oilasida er pul topib kelgan», - deydi sobiq prezident.

Bundan oldin, mamlakat sobiq bosh prokurori Aida Salyanova «qonundagi o‘g‘ri» Aziz Batukayevning qamoqdan noqonuniy bo‘shatilishiga aloqador ko‘rilib, 3 iyun kuni hibs qilingandi. U 3 iyun kuni Ichki ishlar vazirligiga so‘roqqa chaqirilgan. So‘roqdan so‘ng tergovchi uni gumonlanuvchi sifatida hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqargan.

Top