16:55 / 08.06.2019
10610

Chirchiqda o‘zaro janjal oqibatida bir kishi vafot etdi

Illyustrativ foto

2019 yil 2 iyun kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahri 10-kichik tumani hududida joylashgan savdo do‘koni oldida Chirchiq shahrida yashagan 48 yoshli D.Sh. shu kichik tumanda yashovchi 54 yoshli I.M. bilan o‘zaro janjal oqibatida boshi bilan yerga yiqilib jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganligiga qaramay olgan tan jarohati sababli shifoxonada vafot etgan. I.M. ushlangan. 

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top