18:10 / 08.06.2019
9720

Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish respublika markazi tashkil etildi 

Foto: Shutterstock

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish respublika markazi etib qayta tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Ta'limning barcha bosqichlarida psixologik xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar uchun muloqot maydoni sifatida faoliyat yuritish Markaz faoliyatning asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.

Qaror bilan shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida psixologik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi hamda tegishli tashkilot va idoralarga:

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab psixologiya ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni davlat granti asosida maqsadli qabul qilish;

magistratura bosqichida psixologiya bo‘yicha mutaxassisliklar kvotalarini keskin oshirish choralarini ko‘rish kabi vazifalar yuklatildi.

Top