21:00 / 09.06.2019
6597

Pikford yana qahramon. Angliya penaltilar seriyasida Shveytsariyani yengib, Millatlar Ligasida uchinchi bo‘ldi

Yevropa Millatlar Ligasida 3-o‘rin uchun o‘yin yakunlandi. Yarim finalda Portugaliya va Niderlandiyaga imkoniyatni boy bergan Angliya hamda Shveytsariya jamoalari 3-o‘rin uchun bahsda maydonga tushishdi.

O‘yinning asosiy va qo‘shimcha daqiqalarida gol urilmadi va bahs taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Angliya milliy jamoasi darvozaboni Jordan Pikford shveysariyaliklarning seriyadagi 6-penaltisini qaytarib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

«Everton» posboni seriyadagi penaltilardan birini o‘zi golga aylantirganini ham ta'kidlash kerak. Inglizlar 6 ta penaltining barchasini aniq amalga oshirishdi.

UYeFA Millatlar Ligasi
3-o‘rin uchun o‘yin
ShVeYTsARIYa – ANGLIYa 0:0
(penaltilar seriyasida 5:6)
Shveytsariya: Zommer, Sher, Akanji, Rodriges (Drmich, 87), Elvedi, Fernandesh (Zakariya, 61), Froyler, Shakiri (Tsuber, 65), Chaka, Mbabu, Seferovich (Okafor, 113).
Angliya: Pikford, Maguayr, Gomes, Rouz (Uoker, 70), Delf (Barkli, 105), Alli, Lingard (Sancho, 105), Sterling, Dayyer, Aleksander-Arnold, Keyn (Uilson, 75).
Ogohlantirishlar: Rouz (23), Lingard (27), Chaka (116).

Mavzuga oid
Top