08:40 / 10.06.2019
6758

AQShning ikki yetakchi harbiy-sanoat kompaniyasi birlashishini e'lon qildi 

Foto: REUTERS/Mick Tsikas

AQShning ikki yetakchi harbiy-sanoat kompaniyasi Raytheon va United Technologies (UTC) birlashishga kelishib oldi. Kompaniyalar tenghuquqlik asosida birlashish haqida bitim tuzishgan. 

Ta'kidlanishicha, bu bitim natijasida “aerokoinot va mudofaa sanoatining jadal o‘sayotgan tarmoqlari uchun ilg‘or texnologik tizimlarni yetkazib beruvchi yetakchi kompaniya” tashkil qilinadi.

Yangi kompaniyaning qiymati 120 mlrd dollardan oshadi, uning yillik aylanmasi esa 74 mlrd dollarga yetishi mumkin. Yangi korxonani UTC bosh direktori Greg Xeys boshqaradi.

Raytheon AQSh va ittifoqdosh davlatlarga qurol va harbiy texnika yetkazib beruvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Jumladan, kompaniya Patriot zenit-raketa majmualari, Tomahawk qanotli raketalari, Stinger zenit-raketa majmualari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kompaniya Boeing va Lockheed Martin kompaniyalari bilan birga AQSh armiyasi uchun qurol va harbiy texnika ishlab chiqaruvchi “katta uchlik”ka kiradi. 

United Technologies esa AQShning eng yirik moliya-sanoat guruhlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya aviatsion va boshqa harbiy qurilmalar, aviadvigatellar, gaz turbinalari, isitish, shamollatish, sovitish tizimlari, lift, eskalatorlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Mavzuga oid
Top