18:45 / 10.06.2019
6935

Pokiston sobiq prezidenti soxta hisobraqamlar ishi bo‘yicha hibsga olindi

Foto: RIA Novosti / Vitaliy Belousov

Pokiston huquqni muhofaza qilish organlari soxta bank hisobraqamlaridan foydalanishda gumon qilib mamlakat sobiq prezidenti Asif Ali Zardoriyni hibsga oldi, deb xabar berdi Geo TV telekanali.

Sobiq prezident Pokistonda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ vazifasini bajaruvchi milliy nazorat-hisob byurosi xodimlari tomonidan hibsga olingan. Operatsiyaga shuningdek, Zardoriyning Islomoboddagi uyini qurshab olish uchun ko‘p sonli politsiyachilar jalb etilgan.

Zardoriy 2008 yildan 2013 yilgacha Pokiston prezidenti bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i  2007 yilda xudkush hujumi oqibatida halok bo‘lgan Benazir Bxutto (ikki marta mamlakat bosh vaziri bo‘lgan) edi.

Mavzuga oid
Top