15:49 / 11.06.2019
21720

Foto: Samarqandda «Gazel» «Matiz» bilan to‘qnashdi

Bugun, 11 iyun kuni soat taxminan 14:40da Samarqand viloyati Payariq tumani yo‘lida, Imom al Buxoriy majmuasi tomon burilishda yirik yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Kun.uz mobil muxbirining xabar berishicha, burilishdagi tig‘iz yo‘lda «Gazel» mikroavtobusi va «Matiz» rusumli yengil avtomobil to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida har ikki avtomobil ag‘darilib ketgan va keyinchalik atrofdagilar yordamida tik holatga keltirilgan. 

«Gazel» Samarqand-Payariq yo‘nalishida qatnovchi yo‘lovchilar bilan to‘la bo‘lgan. 

Jabrlanganlar bo‘yicha ma'lumot yo‘q. 

Hozircha mazkur YTH yuzasidan rasmiy ma'lumot berilmadi.

Mavzuga oid
Top