18:40 / 11.06.2019
6540

Surxondaryoda bojxonachilar dron olib o‘tishga uringan shaxsni to‘xtatdi

Bojxonachilar tomonidan  uchuvchisiz uchish qurilmasini yurtimizga noqonuniy olib kirish bilan bog‘liq yana bir konunbuzarlik holatiga chek qo‘yildi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Gulbahor” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro J.A.ning  qo‘l yuklari post xodimlari tomonidan rentgen-skaner apparati yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, mazkur fuqaroning qo‘l sumkasi ichida  uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli qaroriga ko‘ra, uchuvchisiz uchish qurilmalarini mamlakatimizga olib kirish, sotish va maxsus ruxsatsiz foydalanish taqiqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 2 may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi  2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi. 

Mavzuga oid
Top