01:22 / 12.06.2019
5768

Amazon ovqat yetkazish xizmatini yopishga qaror qildi

Foto: Business Insider

Amazon 24 iyundan AQShda Amazon Restaurans ovqat yetkazish xizmati faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda GeekWire nashri xabar berdi.

Xizmat o‘z ishini 2015 yil Sietlda boshlagan. 2019 yilga kelib u AQShning 20 ta shahrida hamda Londonda faoliyat yuritgan. Biroq 2018 yilda Restaurans Londonda yopilgan, AQShda yopilishi esa xizmatning to‘liq to‘xtalishini anglatadi.

Kompaniya Restaurans’dan tashqari, 2016 yil iyunidan faoliyat yuritgan ofislarga tushliklar yetkazish xizmati Daily Dish’ni ham yopadi. 

Amazon’da ta'kidlanishicha, Restaurans’ning bir qism xodimlari kompaniyaning boshqa bo‘linmalariga o‘tkaziladi, qolgan qismiga esa ish izlashda ko‘mak ko‘rsatiladi.

Hozirda AQShda ovqat yetkazish bozorida uchta xizmat yetakchilik qilmoqda, bular: Uber, Grubhub va DoorDash. Bu uch xizmat birgalikda bozorning 75 foizdan ko‘prog‘ini egallaydi.

Mavzuga oid
Top