16:50 / 12.06.2019
11555

Hindiston bosh vazirining samolyoti Bishkekka Pokiston ustidan uchib o‘tmaydigan bo‘ldi

Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi samolyoti ShHT sammiti bo‘lib o‘tadigan Bishkekka yetib borish uchun Pokiston hududi ustidan parvoz qilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Hindiston TIV vakili Ravish Kumar ma'lum qildi.

"Hindiston hukumati bosh vazir samolyoti Bishkekka boradigan ikkita yo‘lni o‘rganib chiqdi. Samolyot Bishkekka Ummon, Eron va Markaziy Osiyo davlatlari orqali uchishiga qaror qilindi", - deya Kumardan iqtibos keltiradi The Times of India.

Avvalroq Pokiston hukumati Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Bishkekda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga borishi uchun o‘z havo hududini ochishga qaror qilganini ma'lum qilgandi.

13-14 iyun kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida Pokiston bosh vaziri Imron Xon ham ishtirok etadi.

Ayni paytda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar 14 fevralda Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida hind harbiylariga qilingan hujum sababli keskinlashgan. O‘sha kungi hujumda 45 kishi halok bo‘lgandi.

Top