09:30 / 12.06.2019
3922

O‘zbekiston investorlar uyushmasi tashkil etildi

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investorlar uyushmasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zA.

Uyushma ustaviga ko‘ra, uning asosiy maqsadi O‘zbekistonda investitsiyaviy muhitni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy va xorijiy investorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Uyushmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • respublikaga chet el investitsiyalarni jalb etishda, shuningdek, mahalliy tadbirkorlik sub'yektlariga xorijiy kompaniyalar bilan amaliy aloqalarni o‘rnatishda va tashqi hamkorlarni topishda ko‘maklashish;
  • yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirilishida, davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan tarmoq va hududiy investitsiya dasturlarining ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishida ishtirok etish;
  • investitsiya faoliyatiga, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan muammolarni doimiy asosda o‘rganish.

Uyushmani raisi etib Buyuk Britaniyaning Sheffild universiteti bitiruvchisi Mavlon Muhitdinov saylandi. Hozirgi kungacha u O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Investitsiyalarni jalb etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Top